Xotin-qizlar o‘rtasida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda
Xotin-qizlar o‘rtasida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda

 

«O‘zbekiston – 2030» strategiyasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlardan kelib chiqib, Toshkent shahrining Yashnobod tumanida «Sog‘lom oila — sog‘lom jamiyat!» shiori ostida oilalarni mustahkamlash, notinch oilalardagi muhitni sog‘lomlashtirish, xotin-qizlarning oila va jamiyatdagi nufuzini oshirish maqsadida targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda. Shunday uchrashuvlardan biri tumandagi «Cho‘lpon» MFYda o‘tkazildi.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi «Ayollar qanoti» tomonidan ishtirokchilarga mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar, ayniqsa, xotin-qizlarga berilayotgan imtiyozlar yuzasidan ma’lumot berildi.

Oila va jamiyatda xotin-qizlarning o‘rni va nufuzini yanada oshirish, milliy qadriyatlarimiz, an’analarimizni asrash, e’zozlash, farzand tarbiyasida, oila mustahkamligini ta’minlashda ayolning, onaning o‘rni beqiyosligi haqida hududdagi "Oqila ayollar" harakati va "Ayollar maslahat kengashi" a’zolari bilan samimiy, dildan suhbat o‘tkazildi.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Jamoatchilik qabulxonasi
← Roʻyxatga qaytish