Ayollar bilan yuzma-yuz
Yashnobod tumanidagi 3 va 4 sektorga qarashli mahallalarning xotin-kizlar faollari va “Oqila ayollar” harakati a’zolari ishtirokida “Qo‘yliqobod” MFY hamda 149-maktabda xotin-qizlar bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari o‘tkazildi.
Tadbirlarda qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilaviy munosabatlar, erta turmush, qarindosh urug‘lar o‘rtasidagi nikoh, oilaviy ajrimlar va ularning kelib chiqish sabablari va buni oldini olish bo‘yicha mutaxassislar va tajribali onaxonlar tomonidan fikr, mulohazalar bildirildi.
Tadbir davomida oila mustahkamligini ta’minlashda ayollarning o‘rni xususida so‘z bordi. Shuningdek, har qanday vaziyatlardan chiqish bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi.
Tadbir fikr, mulohazalarga boy tarzda qiziqarli o‘tdi.