Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yoshlar bilan muhokama qilindi
Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yoshlar bilan muhokama qilindi

 

O‘zbekiston XDP Qashqadaryo viloyat kengashi tomonidan Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiya institutida yoshlar ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida saylov tizimlari, jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bilan kiritilayotgan o‘zgartirishlar, bildirilayotgan takliflar va ularning mohiyati haqida atroflicha tushuncha berildi.

Tadbir so‘nggida partiyaga a’zo bo‘lish istagidagi yoshlarga a’zolik shartlari tushuntirildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Men OʻzXDPni tanladim Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish