Ayollar salomatligi muhofaza qilinmoqda
Ayollar salomatligi — aholi salomatligidir. Bu jarayon Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan “nafaqat kasallik yoki nogironlikning yo‘qligi, balki to‘liq jismoniy, aqliy va ijtimoiy farovonlik holati” deb ta’riflanadi.
Shu bois O‘zbekiston XDP Samarqand viloyati kengashi Yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash sektori salomatlik tadbirlarini o‘tkazib kelmoqda. Ana shunday tadbirlarda biri Samarqand shahar "Zargartepo" MFY bilan hamkorlikda xotin-qizlar hamda yolg‘iz keksalar uchun “Sog‘lom ayol sog‘lom hayot” shiori ostida tashkil etildi.
Bepul tibbiy ko‘rik natijasida kasalliklari aniqlangan bemorlarga dori-darmonlar berilib, tavsiyaviy muolajalar o‘tkazildi.