O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi tomonidan “Yoshlar bandligini ta’minlashga mas’ulmiz!” shiori ostida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining 29-maqsadida belgilangan vazifalar ijrosiga qaratilgan faoliyatni jamoatchilik va deputatlik nazorati shaklida o‘rganish, targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirilmoqda.
Shu munosabat bilan Toshkent shahri va viloyatida ishsiz yoshlarni o‘qishga jalb etish, ularni kasbga yo‘naltirish maqsadida Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida amaliy seminar o‘tkazildi. Unda yoshlar monomarkaz faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.
Kelgusida monomarkaz bilan yaqindan hamkorlik qilish va partiya yosh a’zolarini bandligini ta’minlashda kasb-hunarga o‘qitish uchun hamkorlik qilishga kelishib olindi.