Muammolar joyida hal qilinmoqda
Muammolar joyida hal qilinmoqda

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Anvarxon Temirov saylovchilar bilan muloqot qilish, ularning muammolarini o‘rganish maqsadida saylov okrugida bo‘ldi.

Uchrashuvlar «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun mazmun-mohiyatini aholiga sodda va ravon tilda tushuntirishdan boshlandi.

Shuningdek, hududlarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining borishi yuzasidan o‘rganishlar olib borildi. Tumandagi 4-sonli maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati tekshirilib, ko‘mir zaxirasi, issiqlik tizimi ko‘zdan kechirildi. Maktabdagi o‘quv jarayonlari, moddiy-texnik bazasini yaxshilashga oid takliflarni tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish rejalashtirildi.

Bundan tashqari, deputat Kosonsoy tumanida bunyod etilayotgan yangi tug‘uruq kompleksida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, mavjud muammolar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashdi. Ayrim yo‘nalishlarda tavsiyalar berildi. Tuman yuqumli kasalliklar bo‘limini o‘rganish chog‘ida aniqlangan muammolar, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zudlik bilan bartaraf etildi.

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis
← Roʻyxatga qaytish