Xalq demokratik partiyasi 32 yoshda!
Xalq demokratik partiyasi 32 yoshda!

 

Bundan 32 yil ilgari partiyamizni tashkil etuvchi respublika komissiyasi ishchi guruhining a’zosi bo‘lganman va uning birinchi ta’sis syezdida ishtirok etganman. Bundan tashqari, 1990-1996 yillarda shu partiya nashri - «O‘zbekiston ovozi» gazetasining Samarqand viloyati bo‘yicha muxbiri sifatida ko‘plab obro‘li ziyoli safdoshlarim qatorida O‘zXDP g‘oyalarini xalqqa yetkazishda, dasturlari ijrosini ta’minlashda baholi qudrat qatnashganman. Boshqacha aytganda, mening uchun qadrdon partiya bu...

Dunyodagi bugungi sharoitda ijtimoiy himoya insoniyat uchun eng birinchi darajali vazifa ekanini xalqaro hamjamiyat ham tushunib yetmoqda. Ijtimoiy himoya – bu ojiz yoki nochorlarni moddiy qo‘llashgina emas, balki ularda ertasiga ishonch tuyg‘usini shakllantirish, o‘z kuchiga ishonchini orttirish, jamiyatga kerakli ekanligini ta’minlash bilan ham bog‘liq. Shuning uchun O‘zbekistonning yangilangan Konstitutsiyasida ana shu g‘oyalar yaqqol ko‘zga tashlanadi. Binobarin, partiyaning salohiyati faqat uning g‘oya va dasturlarining mukammalligidagina emas, balki ularni ijro etuvchi safining salohiyatida hamdir. Bu jihatdan olganda, men partiyamiz safimizda mamlakatimizning eng ilg‘or, eng ziyoli, eng taniqli kishilari bilan bir qatorda partiyamiz dasturlarini ro‘yobga chiqarishda hamqadam bo‘layotganligimdan faxrlanaman. Ular o‘z faolliklari orqali fuqarolarimiz ma’naviy, siyosiy, huquqiy saviyasini o‘stirishga ham munosib hissa qo‘shishmoqda.

Partiyamiz bugungi kunda ham yurtimizdagi ilg‘or ziyolilarni o‘z safiga jipslashtirgan, davlat tomonidan qabul qilinayotgan, aholining muhokamasidan o‘tayotgan deyarli barcha dastur va loyihalarda ijtimoiy himoyaning ustuvor bo‘lishi - bu partiyamiz g‘oyalarining nechog‘lik muhim va barhayotligini ko‘rsatib turibdi. Bu esa mamlakatda tenglik hamda adolat tamoyillariga yo‘g‘rilgan ijtimoiy muhitning yaratilishiga sabab bo‘lmoqda. Shuning uchun ham nafaqat saylovchilarimiz, turli soha vakillari, keng jamoatchilik partiyamiz dasturlariga xayrixohlik bildirishyapti. Partiyamizning g‘oyalari, dasturlari uzoq yillar xalqimizga xizmat qilishini anglatib turibdi.

A’zolarimiz, faollar, deputatlar va barcha xayrixohlarimizni mustaqilligimiz bilan qadamba-qadam odimlab, yurtimizdagi islohotlarga faol hissa qo‘shib kelayotgan partiyamizning bayrami bilan samimiy tabriklayman.

 

Farmon Toshev,

Samarqand viloyati «Zarafshon» va «Самаркандский вестник» gazetalari birlashgan tahririyati bosh muharriri,

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist,

Oliy Majlis senati a’zosi.

«O‘zbekiston ovozi», 1.11.2023, №43

 

 

 

 

Teglar

Deputat Oliy Majlis Partiya munosabati
← Roʻyxatga qaytish