Amaliy yordam ko‘rsatildi
Xalq deputatlari Bo‘ston tuman Kengashi deputati Raximaxon Sulaymonova tomonidan "Davlatobod" MFY da “Uyma-uy” loyihasi doirasida xotin-qizlarning muammolari o‘rganildi.
O‘rganish davomida 4 nafar ayolning bandligi ta’minlandi. 6 nafar ayolga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hamda “Ayollar daftari” orqali moddiy yordamlar berildi.
Shuningdek, “Ayollar daftari” da turuvchi 4 nafar ayolga uy ijarasi puli to‘lab berilishiga amaliy yordam ko‘rsatildi.