Ehtiyojmand aholiga amaliy yordam ko‘rsatilmoqda
Ehtiyojmand aholiga amaliy yordam ko‘rsatilmoqda

 

O‘zbekiston XDP Buloqboshi tuman kengashi raisi, Andijon viloyat kengashi deputati M. Xolmirzayeva tomonidan Do‘lana MFYda "Uyma-uy” loyihasi asosida fuqarolarning holidan xabar olindi.

Tadbir davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan, "Ayollar daftari", "Temir daftarda" turgan xotin-qizlarning yashash joyiga borib, uy sharoitlari, muammolari o‘rganildi. Aholi bilan muloqot chog‘ida aniqlangan muammolarga yechim topish, ko‘mak berish bilan bir qatorda ularga bugungi kundagi islohotlar, dolzarb masalalar yuzasidan ham ma’lumotlar berildi.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi
← Roʻyxatga qaytish