Qonunchilik yoshlar nigohida
Qonunchilik yoshlar nigohida

 

Yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirib borish, qonun ustuvorligini ta’minlash va partiya safidagi yoshlarning huquqiy bilimlarini rivojlantirish maqsadida Uchqo‘rg‘on tumanidagi 1-sonli hamda 21-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida «Qonunchilik yoshlar nigohida» loyihasi doirasida davra suhbatlari tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston XDP Uchqo‘rg‘on tuman kengashi raisi Abdullajon Qodirov, IIB voyaga yetmaganlar bilan ishlash bo‘limi inspektori Bektosh Rahimjonov hamda «Yoshlar parlamenti» a’zosi Husniddin Abdukahhorovlar so‘zga chiqib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Davra suhbatida yoshlarning turli xil oqimlarga kirib qolishining oldini olish, hukuqbuzarlik va. jinoyatchiliklarning oldini olish, yangi chiqayotgan qonunlarni mukammal bilish lozimligi borasida tushunchalar berildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish