Deputat mahallada
O‘zXDP Boyovut tuman kengashi deputati O. Isanov tomonidan Boyovut tumanida jamoatchilik nazorati doirasida tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli oilaviy poliklinika hamda ijtimoiy soha obyektlarida o‘rganish olib borildi.
Obyektlardagi elektr energiyasi ta’minoti va isitish tizimining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi. Aniqlangan kamchilik va muammolarni hal qilish yuzasidan mutasaddi idoralar bilan kelishib olindi.