Tibbiy ko‘rik tashkil etildi
Tibbiy ko‘rik tashkil etildi

 

O‘zbekiston XDP Yakkabog‘ tuman kengashi tomonidan «Onalik va bolalik muhofazasi doimiy e’tiborda» loyihasi asosida tumandagi «Madaniyat», «Qo‘tonboy», «Qirg‘iz» va «Ulamji» mahallasi xotin-qizlari va o‘smir yoshdagi bolalar uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Yakkabog‘ tuman Madaniyat oilaviy shifokorlik punktida bo‘lib o‘tgan ko‘rikda malakali shifokorlar tomonidan 75 nafar xotin-qiz va 20 nafar bolaning salomatligi o‘rganilib, zaruriy ko‘rsatma, xulosa va tavsiyalar berildi.

Jumladan, kasalligi aniqlangan 2 nafar ayolga tuman shifoxonasiga davolanishi uchun yo‘llanma, 15 nafariga esa oilaviy shifokorlik punktida statsionar davolanishiga ko‘rsatmalar berildi.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish