Ijtimoiy obyektlar qishga tayyormi?
Ijtimoiy obyektlar qishga tayyormi?

 

“Deputat mahallada” loyihasi doirasida joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Unda aholining turmush tarzi, ularni tashvishga solayotgan masalalar, ijtimoiy soha obyektlarining ahvoli ko‘zdan kechirilyapti.

Xususan, xalq deputatlari Sirdaryo tuman Kengashidagi partiya guruhi a’zosi M.Ahmedov tomonidan ham ana shunday o‘rganish olib borildi. Deputat jamoatchilik nazorati doirasida tumandagi mavjud ijtimoiy soha obyektlarining qishga tayyorgarlik holati bilan tanishdi.

“Paxtakor” MFYda joylashgan 27-sonli umumta’lim maktabida isitish tizimining qay tartibda ishlayotgani, energiya manbalari va zaxiralari nazoratga olindi.

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish