Sessiyada Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, sektorlar rahbarlari, kun tartibidagi masalalarga aloqador tashkilot rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Sessiyani tuman hokimi, xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Abduqahhor Djurabayev olib bordi.
Dastlab sessiya kun tartibida, tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, 3-sektor rahbari A.Kattabekovning fuqarolarni “Temir daftar”dan chiqarish to‘g‘risidagi hisoboti tinglandi.
Shuningdek, O‘zbekiston XDP deputatlik guruhi tashabbusi bilan tuman Elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan 2023 yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman Elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i A.Qodirovning hisobotlari ham eshitildi.
Sessiya yakunida kun tartibida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.