Oliy Majlis Qonunchilik palatasi dеputati Sherzod Rahmonov, "Yoshlar kеlajagimiz" jamg‘armasi Buxoro viloyat filiali rahbari Alijon Hakimov, Shofirkon tuman hokimi o'rinbosari A.Qazaqov hamda tuman hokimligi mas'ullari bugun tumannig Quyi Chuqurak MFY, Quyi CHuqurak qishlog'ida bo‘ldilar.
Hududda bo‘lish mobaynida mas'ullar mahalla "yеttiligi"ning faoliyatini o‘rgandilar. Hududda amalga oshirilgan ijobiy o‘zgarishlar, mahallani kelgusida har tomonlama rivojlantirishga doir chora-tadbirlar xususida mahalla "yettiligi"ning fikrlari tinglandi.
Shundan so‘ng quyi chuqurakliklar bilan uchrashuv tashkillashtirilib, jarayonda fuqarolarning muammolari, takliflari eshitildi.
Mutasaddilar sayyor qabuldan so‘ng hududda yangidan bunyod etilayotgan maktabgacha ta'lim tashkilotining qurilish ishlari hamda 33-maktabda ta'lim-tarbiya jarayonlarini o‘rgandilar.