Safimizdagi yoshlar
Safimizdagi yoshlar

 

Toshkent viloyat Bo‘stonliq tumanidagi «Barraj» mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 4-maktab faollar zalida «Safimizdagi yoshlar» loyihasi doirasida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Muloqotda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, XDP fraksiyasi a’zosi Q. Qosimova, deputat vakili A. To‘rabekovlar ishtirok etib, so‘zga chiqdilar.

Tadbir ishtirokchilariga «O‘zbekiston-2030» strategiyasida belgilangan 5 ta ustuvor yo‘nalish va 100 ta maqsad mazmun-mohiyati xususida tushunchalar berildi. Uchrashuv so‘nggida hududdagi partiya faollari J. Bo‘ronov va U. Zoitovlar faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis
← Roʻyxatga qaytish