Korrupsiya taraqqiyot kushandasi

 

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi kotibiyat mudiri S. Abduraimov, O‘zbekiston XDP Boysun tuman kengashi raisi, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Z. O‘zbekova tashabbusi bilan “Korrupsiya taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman Ma’naviyat bo‘limi hamda boshqa davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari ishtirok etgan tadbir tuman kotibiyati binosida o‘tkazildi.

Davra suhbati davomida tumanda mavjud tashkilotlar, muqaddam korrupsiya bilan bog‘liq sodir etilgan holatlar va kelgusida shu kabi salbiy holatlarning oldini olish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi. Jamoatchilik ichida mazkur masalada tushuntirish ishlari olib borilishi lozimligi bo‘yicha topshiriq va tavsiyalar berildi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish