Talaba yoshlar partiya g‘oyalariga qiziqish bildirdi
Talaba yoshlar partiya g‘oyalariga qiziqish bildirdi

 

O‘zbekiston XDP Buxoro viloyat kengashi tomonidan «Safimizdagi yoshlar» loyihasi doirasida talabalar bilan davra suhbati tashkil etildi.

Maqsad partiya safini bilimli, tashkilotchi, faol va vatanparvar yoshlar bilan to‘ldirishdir. Partiyaning saylovoldi dasturida ta’lim sohasini yanada rivojlantirish, talabalar uchun qulay sharoitlarni yaratish borasida dolzarb masalalar ham ilgari surilganligi ta’kidlab o‘tildi.

Bundan tashqari, partiyaning g‘oyaviy maqsad va vazifalari, siyosiy kuch sifatida bugungi kundagi faoliyati, partiya yillar davomida yetakchi siyosiy kuchga aylanganligi, shu yillar ichida siyosiy jarayonlardagi faolligi bo‘yicha ham atroflicha ma’lumotlar berildi.

Tadbir davomida siyosiy jarayonlarga qiziqishi baland 6 nafar yoshlar partiya safiga qabul qilindi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Men OʻzXDPni tanladim Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish