Yoshlar tashabbuskor bo‘lishi lozim
Yoshlar tashabbuskor bo‘lishi lozim

 

O‘zbekiston XDP Chirchiq shahar Kengashi raisi N. Raxmanberdiyeva tomonidan Tibbiyot kollejida «Safimizdagi yoshlar» loyihasi doirasida ushbu ta’lim muassasasi bo‘lim boshlig‘i, BPT raisi Sh. Ibragimovalar ishtirokida o‘quvchi-yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yilida yurtimizda tinchlik va barqarorlik, xalqlarimiz o‘rtasida totuvlik, o‘zaro hurmat va mehr-oqibat, milliy qadriyatlarimizni mustahkamlash, aholi, hususan yoshlar uchun yangi ish o‘rinlarini barpo etish kabi masalalar asosiy vazifalar deb belgilanib, jamiyatimiz taraqqiyotida yoshlarning ishtiroki va o‘rni, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash borasida amalga oshiralayotgan ishlar xususida so‘zlab berildi.

Shuningdek, «O‘zbekiston-2030» strategiyasi yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaratilgan 5 ta yo‘nalish va 100 ta maqsadlarda belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Yoshlarning ijtimoiy-siyosiy va huquqiy savodxonligini yuksaltirish, ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yangi inovatsiyaviy g‘oya va tashabbuslarga asoslangan loyihalar ishlab chiqishda yoshlar ham tashabbuskor bo‘lishi lozimligi ta’kidlandi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Men OʻzXDPni tanladim Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish