Teng huquq – teng imkoniyatlar
O‘zbekiston XDP Bo‘ston tuman kengashi raisi M.To‘ychiyeva tuman hokimi S. Nosirova bilan hamkorlikda nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyat hayotiga integratsiyalashuvi jarayonidagi mavjud muammolarni o‘rgandi.
Aniqlangan masalalarni hal etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi va «Teng huquq – teng imkoniyatlar» loyihasi amalga oshirilmoqda.
Mazkur loyiha doirasida «Temir daftar»ga kiritilgan xar bir oilaning yashash sharoitlari o‘rganildi. Ularning mavjud muammolarini tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal qilishga kelishib olindi.