XDP faol yoshlari taklifi
XDP faol yoshlari taklifi

 

XDP Toshkent viloyat kengashi tomonidan viloyat kasaba uyushmasi binosida “Deputat va yoshlar” loyihasi doirasida “O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash” yilida amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi loyihasi uchun takliflar tayyorlash yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston XDP Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Q. Qosimova, viloyat kengashi xodimlari, shahar va tuman kengashi raislari, deputatlar, partiya faollari va yoshlar ishtirok etdi.

Davra suhbatida davlat dasturining amalga oshirilishida yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, yoshlarning ijtimoiy-siyosiy va huquqiy savodxonligini yuksaltirish, yoshlarga oid davlat siyosatiga amalga oshirilishida partiya tashkilotlarining munosib ishtirok etishini ta’minlash, O‘zbekiston XDPning Saylovoldi dasturi hamda Harakat dasturida belgilangan vazifalarni amaliyotga tatbiq etish, mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan dolzarb g‘oyalar haqida fikr-mulohazalar almashinildi. Asosiy maqsad yoshlarni qonun ijodkorligi jarayoniga keng jalb etib, ularning muhim tashabbus va takliflarini olish edi.

Masalan, Chirchiq pedagogika universiteti yoshlar yetakchisi Muazzam Muxtorova maktab o‘quvchilarning o‘zlashtirishlariga yordam tariqasida o‘quv jarayonidan tashqari yangi gruppalar ochish taklifini berdi. Toshkent viloyati "Yoshlar qanoti" rahbari S. Akbariliyev maktab sinflarida o‘quvchilar sonini kamaytirish ta’lim sifatini yaxshilashga hamda ko‘proq kitobxonlik kechalarini o‘tkazish o‘quvchilar bilan individual ishlash imkoniyatini beradi degan taklifni berdi.

Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston XDP Toshkent viloyati kengashining “Yosh siyosatchi-2024” ko‘rik-tanlovi viloyat bosqichini o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy masalalar kelishib olindi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Davlat dasturiga takliflar Partiya munosabati
← Roʻyxatga qaytish