Yoshlar bilan muloqot
Yoshlar bilan muloqot

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Bag‘dod tuman Kengashi tomonidan Axborot kutubxona markazida yoshlarning siyosiy, huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, siyosiy jarayonlarga faol jalb etish maqsadida "Safimizdagi yoshlar" loyihasi doirasida uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining Bag‘dod tuman Kengashi faoli G. Fozilova ham ishtirok etib, davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ta’lim va sportni rivojlantirish, yoshlarni bilimli bo‘lishlariga qulay sharoitlar yaratib berilayotganligi, yoshlarga doir qabul qilingan qonunlarning mazmun-mohiyati, partiyaning maqsad va vazifalari haqida batafsil ma’lumotlar berdi.

 

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi
← Roʻyxatga qaytish