Aholining yashash sharoitlari o‘rganilmoqda
Aholining yashash sharoitlari o‘rganilmoqda

 

Xalq deputatlari Namangan tuman Kengashidagi O‘zbekiston XDP deputatlik guruhi a’zolari tomonidan tuman markazi Toshbuloq shaharchasidagi ko‘p qavatli uylarning hozirgi kundagi holati, jumladan tashqi qiyofasi, aholining yashash sharoitlari, piyodalar yo‘laklari, kommunikatsiya tarmoqlarining ahvoli, ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi Boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati yuzasidan deputatlik va jamoatchilik nazorati olib borildi.

O‘rganishlarda uy joy-kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi tashkilotlari tomonidan tegishli xizmatlar ko‘rsatishda texnik tartibga soluvchi normativ hujjatlar talablariga rioya etilganligi, ko‘p kvartirali uylardagi joylar mulkdorlarining ko‘p kvartirali uylarni kapital ta’mirlashni amalga oshirish uchun jamg‘ariladigan mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi aniqlandi.

O‘rganishlar davrida ko‘p qavatli uylarga tutash hududlarning obodonlashtirilish ahvoli, bolalar maydonchasi, ko‘p kvartirali uylarga tutash yer uchastkalarining sanitariya holati, nogironlarning ko‘p qavatli uylarga to‘sqinliksiz kirishi va harakatlanishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Aniqlanayotgan muammo va kamchiliklarga tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda yechim topilmoqda.

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish