8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlangan partiyamiz faollari

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan 8 mart – xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bir guruh partiyadoshlarimiz davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlandi.

 

Annaklicheva Gulistan Axmedovna

«Qoraqalpoq adabiyoti» gazetasi bosh muharriri, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi, O‘zXDP faoli

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Xudaynazarova Maloxat Juramuradovna

Yangiyer shahridagi «Muruvvat» nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyi farroshi, O‘zXDP faoli

«Shuhrat» medali bilan

Mamatmo‘minova Iqbol Erkin qizi

Sho‘rchi tumani «Do‘stlik» mahalla fuqarolar yig‘inidagi yoshlar yetakchisi, O‘zXDP faoli

«Kelajak bunyodkori» medali bilan

Yakubova Sharapat Mannonovna

Sharof Rashidov tumani obodonlashtirish boshqarmasi hudud tozalovchisi, O‘zXDP faoli

«Shuhrat» medali bilan

Xalikova Olga Andreyevna

Yuqori Chirchiq tumani sport maktabi direktori, Toshkent viloyati, O‘zXDP faoli

«Sog‘lom turmush» medali bilan

Bafoyeva Sidiqa Xamroyevna

Buxoro viloyati Kogon shahridagi «Arabxona» mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli

«Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan

Dulabova Nafisa Yusupovna

Mirobod tumani O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining regional va rudali geologiya bo‘limi boshlig‘i

«Shuhrat» medali bilan

Azimova Ra’no Ismailjanovna

Xonobod shahar Kampirrovot OSH hamshirasi

«Sog‘lom turmush»medali bilan

Raximova Guloro

Xorazm viloyati musiqali drama teatrining yetakchi sahna ustasi

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Negmatova Ulugoy Musanovna

Sirdaryo viloyati, Sardoba tumani telekommunikatsiya bog‘lamasining stansiya inshootlari guruhi aloqa elektr mexaniki

«Shuhrat» medali bilan

 

Yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida faol qatnashib, Yangi O‘zbekistonni barpo etish, xalqimiz farovonligini yuksaltirish yo‘lida tashabbus va ibrat ko‘rsatib kelayotgan partiyamiz faollarini mukofot bilan tabriklaymiz.

Kelajakda yanada katta zafarlar tilaymiz!

 

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Faxriy Deputat Men OʻzXDPni tanladim Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish