Mahallalar infratuzilmasi rivojida deputatlarimiz faol

 

Ayni kunlarda “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonlari asosida Toshloq tumanidagi “Piyozchilik” MFY infratuzilmasi yaxshilanmoqda. Mahallada obodonlashtirish, ichimlik suvi tarmog‘ini yaxshilash, ichki yo‘llarni asfaltlashtirish, aholining elektr hamda gaz ta’minotini yanada yaxshilash, ijtimoiy soha obyektlarini mukammal ta’mirlash kabi ishlar olib borilmoqda.

Ayniqsa, Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashiga XDPdan saylangan deputat Azizbek Qodirovning sa’yi-harakatlari bilan hududda elektr tarmoqlarini yangilash, transformatorlarni ta’mirlash ishlari sifatli bajarilishi ta’minlanmoqda. Natijada qish kunlari aholini tashvishga solgan energiya manbalari bilan bog‘liq masalalar o‘z yechimini topdi.

“Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonlari asosida "Piyozchilik" mahallasida jami ikki kilometrlik yangi elektr tarmog‘i tortilib, beshta transformator qayta ta’mirlandi. Muddati o‘tgan 225 tadan ziyod simyog‘ochlar beton ustunlarga almashtirildi.

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish