Futbol maydoni va yashil hudud o‘rnida bino qurilishi yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
Futbol maydoni va yashil hudud o‘rnida bino qurilishi yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi

 

Yakkasaroy tumani Yunus Rajabiy mahalla fuqarolar yig‘inidagi futbol maydoni va yashil hudud joylashgan yerda ko‘p qavatli bino qurilishi rejalashtirilgani turli fikr hamda xulosalarga sabab bo‘lmoqda.

Bu borada qonun hujjatlari, real vaziyatning huquqiy holati atroflicha o‘rganilmoqda.

Yer kodeksi 64-moddasida aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan yerlar aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari hisoblanadi hamda umumiy foydalanishdagi yerlarda bu yer qaysi maqsadga xizmat qilsa, faqat shunga mos keladigan imorat va inshootlar qurishga ruxsat berilishi qayd etilgan.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiyamiz fraksiyasi a’zosi Firdavs Sharipov mazkur masala bo‘yicha o‘z nuqtai-nazarini bayon etish yuzasidan Toshkent shahar hokimi (v.b) Sh.B.Umurzakovga deputatlik so‘rovi yubordi.

 

O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi

Axborot xizmati.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Partiya munosabati Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish