Safimizdagi yoshlar
Kogon shahar kengashi deputati N.T.Sodiqov va kengash raisi Sh. Izamovalar tashabbusi bilan shahardagi kasb-hunar maktabida “Safimizdagi yoshlar” loyihasi doirasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Yoshlarni o‘z ustida ishlash, o‘zini isloh qilishga undash, ular uchun networking muhitini yaratish, yosh spikerlar bilan erkin muloqot qilish, omma bilan muloqotga kirishish ko‘nikmasini shakllantirish kabi maqsadlarda tashkil qilingan muloqotda yoshlarning siyosiy, huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish masalalari xususida so‘z bordi. Yoshlarni siyosiy jarayonlarga faol jalb qilish ertangi kunga bo‘lgan ishonchni oshirishi ta’kidlandi.
Tadbir davomida 18 yoshga to‘lgan 7 nafar yoshlarni partiya faoliyatiga jalb qilishga erishildi.