Ayollar va yoshlarning huquqiy savodxonligi oshirilmoqda
Ayollar va yoshlarning huquqiy savodxonligi oshirilmoqda

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Chirchiq shahar Kengashi N. Raxmanberdiyeva tomonidan Chirchiq davlat pedagogika universiteti qoshidagi Akademik litseyda «Zo‘ravonlikka qarshi kurash» mavzusida ushbu ta’lim muassasi BPT raisi N. Rustamova ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Ishtirokchilarga xotin-qizlarning huquqiy va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, oilalarni mustahkamlash, jamiyatimizda xotin-qizlar hamda bolalarga nisbatan har qandiy ko‘rinishdagi zo‘ravonliklarning oldini olish, xotin-qizlar va yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, har bir sohada inson huquqlari va manfaatlarini ta’minlash borasidagi ishlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Uchrashuv samimiy muloqot tarzida o‘tdi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat
← Roʻyxatga qaytish