Xotin-qizlar huquqlari qonun himoyasida

 

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanining «Registon» mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, oilalarni mustahkamlash, xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish maqsadida «Xotin-qizlar huquqlari qonun himoyasida» mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Unda Toshkent viloyati deputati Baxtiyor Xolmirzayev va Yangiyo‘l tumani kengashi deputatlari ishtirok etishdi.

Tadbirda xotin-qizlar huquqlarini ta’minlash, xususan gender tenglik va ayollarni turli kamsitilishlardan himoya qilish, xotin-qizlar faolligini oshirish, bandligini ta’minlash, tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash borasidagi farmon va qarorlar, yangi qabul qilingan qonunlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, hozirda xotin-qizlar va bolalarga nisbatan bo‘layotgan zo‘ravonliklar, ushbu zo‘ravonliklarning oldini olish va xotin-qizlar huquqlarini himoya qilishdagi amaliy ishlar xususida fikr-mulohazalar bildirildi.

 

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish