YEXHT DIIHB delegatsiyasi bilan muloqot o‘tkazildi
YEXHT DIIHB delegatsiyasi bilan muloqot o‘tkazildi

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining Ursula Gachek boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi Ulug‘bek Inoyatov mehmonlarga partiya tashkilotlari va deputatlik birlashmalari faoliyati haqida umumiy ma’lumot berdi.

Muloqot chog‘ida demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, fuqarolik jamiyatini kuchaytirishda siyosiy partiyalarning xalqaro tashkilotlar bilan munosabatlari muhim ekani qayd etildi. Bu borada YEXHT institutlarining, xususan, Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining professional faoliyati alohida ahamiyatga egadir.

Uchrashuvda saylov qonunchiligidagi ilg‘or tajribalar, saylov jarayonlarida partiya kuzatuvchilari faoliyatini samarali tashkil etish kabi masalalar xususida fikr almashildi.

Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda tomonlar o‘zaro hamkorlikdan mamnun ekanliklarini ta’kidlashdi.

 

O‘zbekiston XDP Axborot xizmati

 

 

 

 

← Roʻyxatga qaytish