Yoshlar kelajagi yo‘lida
Yoshlar kelajagi yo‘lida

 

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyat hayotiga integratsiyalashuvi jarayonlaridagi mavjud muammolarni o‘rganish maqsadida Xiva shahrida joylashgan 121 - son “Nurli maskan” ko‘zi ojizlar maktab-internatida uchrashuv tashkil etildi.

"Teng huquq-teng imkoniyatlar" loyihasi doirasida o‘tkazilgan mazkur davra suhbatida Xalk demokratik partiyasi Xiva shahar bo‘limi deputatlik guruhi a’zolari ishtirok etdi.

Deputatlik guruhi rahbari L.Atajanova yoshlar bilan suhbatda yurtboshimiz tomonidan olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar asosan yoshlar va ularning kelajakda har tomonlama yetuk insonlar bo‘lib yetishishlari uchun xizmat qilishi alohida ta’kidlab o‘tildi. Buning uchun har bir yosh yaratilayotgan imkoniyatlardan to‘laqonli foydalanishi, ko‘proq kitob o‘qib, dunyoqarashini kengaytirishi lozimligini tushuntirdi. Samimiy tarzda kechgan muloqotda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan va o‘ylantirgan savollar bilan murojaat qildilar.

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish