O‘zA: Qaror ijrosi deputatlar nazoratida
O‘zA: Qaror ijrosi deputatlar nazoratida

 

O‘zbekiston XDP Qoraqalpog‘iston Respublika kengashi, Shumanay tuman kengashi va Xalq deputatlari tuman Kengashidagi O‘zXDP deputatlik guruhi hamkorligida o‘tkazilgan partiya guruhining navbatdagi yig‘ilishida davlatimiz rahbarining 2021-yil 30-iyuldagi “Kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining ijrosi bo‘yicha olib borilgan ishlar muhokama qilindi.

Tadbirda deputatlar tomonidan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirish, shu jumladan, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi yoki nafaqasini oluvchi oilalarning, “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mas’ul tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi masalasi  tanqidiy ko‘rib chiqildi.

Ushbu masalani tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqish bo‘yicha qaror qabul qilindi.

 

Dovud Abibullayev,

O‘zA muxbiri.

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish