O‘quv-amaliy mashg‘ulotlar boshlandi
O‘quv-amaliy mashg‘ulotlar boshlandi

 

Oliy Majlis Senati, Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi va BMT Taraqqiyot dasturi hamkorligida hamda Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchixonasining moliyaviy ko‘magida siyosiy partiyalarning ayol vakillari uchun yetakchilik salohiyatini oshirish bo‘yicha 5 kunlik o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar boshlandi.

Tadbir gender tamoyillarini siyosiy hayotda targ‘ib qiluvchilar bo‘lmish milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar, siyosiy partiyalarning xotin-qizlar qanotlari va mahalliy Kengashlar a’zolarining salohiyatini oshirish, imkoniyatlarini kengaytirishga yordam berish uchun kerakli ko‘nikmalar bilan qurollantirish maqsadida tashkil etildi.

Tadbir doirasida “Siyosat sohasidagi yetakchi ayol: o‘rnak bo‘ladigan inson” mavzusidagi eng yaxshi ssenariylar tanlovining g‘oliblarini taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi. Mazkur tanlov joriy yilning mart oyida Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi hamda BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan tashkil etilgan.

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ham xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan 50 dan ortiq qonun hujjatlari qabul qilindi. Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 58-moddasida xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligi, davlat xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, shuningdek, jamiyat va davlat hayotining boshqa sohalarida teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlashi kafolatlangan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2023 yil 18 dekabr kuni imzolagan Qonunda (O‘RQ–883-son) saylovlarda ayollarning soni siyosiy partiyadan ko‘rsatilgan deputatlikka nomzodlar sonining kamida 40 foizini tashkil etishi belgilandi.

 

 

 

 

Teglar

Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis
← Roʻyxatga qaytish