Partiya faollari tashabbusi bilan tibbiy ko‘rik
O‘zbekiston XDP Vobkent tuman kengashi tomonidan «Xayrxush» MFY hududidagi 9-son oilaviy shifokorlik punkti xodimlari bilan hamkorlikda «Sog‘lom ona – sog‘lom oila» shiori ostida onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash maqsadida, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar va bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Ko‘rikka jami 55 nafar fuqaro jalb qilinib, uning natijalariga binoan 6 nafar ayolga davolanish uchun yo‘llanmalar berildi. Onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash, ularga tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini oshirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar partiyamiz faollarining kundalik vazifasiga aylangan.