Maktablardagi o‘rganishlar davom etmoqda
Maktablardagi o‘rganishlar davom etmoqda

 

O‘zbekiston XDP Piskent tumani Kengashi raisi, deputatlik guruhi rahbari D.Komilova o‘z hududida joylashgan qator maktablarda o‘quvchilar uchun yaratilgan tibbiy yordam holati, tibbiy xizmat ish kabinetlari tashkil etilganligi, hamshira, kerakli jihozlar, dori darmon bilan ta’minlanganligi holatini o‘rgandi. Deputat tomonidan mavjud muammolar, kamchiliklarning yechimi yuzasidan takliflar ishlab chiqildi.

Xuddi shunday o‘rganish O‘zbekiston XDP Yuqori Chirchiq tuman kengashi raisi Latif Mansurov tomonidan ham olib borilib, tumandagi 6-34-umumta’lim maktablarida, Xalq deputatlari Yuqori Chirchiq tuman kengashi deputatlari Nurjamol Umirova va Gulzira Elibayevalar tumandagi 12-18-umumta’lim maktablarida bo‘lishdi.

Aniqlangan kamchilik va boshqa masalalarni bartaraf etish bo‘yicha deputatlar tomonidan tegishli tavsiyalar berildi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish