«Bugungi natijalar, albatta, biz kutgan natija emas. Hech bo‘lmaganda oldingi saylovdagi uchinchi o‘rinda qolsak kerak degan niyatda edik. Ikkinchi o‘ringa chiqish niyati ham yo‘q emasdi.
Albatta, hamma birinchi o‘ringa harakat qiladi, lekin biz imkoniyatlarimizni chamalab shu natijani kutgandik.
Ikkinchidan, natijalarga men o‘zimni aybdor deb hisoblayman. Chunki men partiyaga rahbar bo‘lib kelganimga olti oy bo‘ldi. Olti oy ichida tashkiliy masalalarda ko‘p ish qildim, balki tajribasizligim pand bergandir. Bu mening aybim.
Uchichidan, bizning partiya parlamentdagi eng tajribali partiya. Balki xalqimiz bizning dastur va g‘oyalarimizdan qoniqmagandir», deya Ulug‘bek Inoyatovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.