Migratsiyada miqdor emas, sifat va inson qadri muhim
Migratsiyada miqdor emas, sifat va inson qadri muhim

 

Prezidentimiz raisligida mehnat migratsiyasi hamda xorijda işlaş istagidagi aholini til va kasblarga maqsadli öqitiş masalalariga bağişlangan kengaytirilgan yiğilişda sohada yillar davomida töplanib qolgan muammolar tizimli tahlil qilinib, migratsiya siyosatini tubdan isloh qiliş, “mahallabay” işlaş mexanizmini joriy etiş va xorijga ketayotgan fuqarolarni ijtimoiy-huquqiy himoya qilişning muhim tartiblari e’lon qilindi.

Jumladan, migratsiya masalalarini quyi böğinga tuşiriş maqsadida xorijdagi iş örinlari haqidagi ma’lumotlar mahallalarga yetkaziladi. “Mahalla yettiligi” fuqarolar bilan işlab, ma’lumotlarni “Onlayn mahalla” platformasiga kiritadi. Hokimlar esa bu jarayonga şaxsan mas’ul etib belgilandi. Mazkur tizimning yölga qöyilişi natijasida fuqarolarning firibgar rekruterlar qurboniga aylanişining oldi olinadi, odamlar öz mahallasidan çiqmagan holda qonuniy va yuqori daromadli iş topiş imkoniyatiga ega böladi.

Jahon mehnat bozorida milliy kadrlarning raqobatdoşligini ta’minlaşning yagona yöli — bu ularning kasbiy bilim va xorijiy tillarni puxta egallaşidir. Prezidentimiz yiğiliş davomida yoşlarga xorijiy tillarni, xususan, Yevropa va Osiyo davlatlari mehnat bozori uçun zarur bölgan nemis, ingliz, koreys va boşqa tillarni tizimli örgatiş masalasiga alohida töxtaldi.

Bu borada davlat tomonidan yangi rağbatlantiriş tizimi joriy etilmoqda. Xususan, çet elda yuqori maoşli va nufuzli işga joylaşgan har bir bitiruvçi uçun ta’lim muassasalariga yoki kasbga öqitgan tadbirkorlarga davlat tomonidan maxsus grantlar ajratilişi belgilandi. Bu ta’lim sifatini oşirişga va innovatsion usullardan keng foydalanişga xizmat qiladi.

Xususiy sektor vakillarining rolini oşiriş maqsadida esa kelgusi davrdan fuqarolarni xorijga işga yuboriş vazifalari eng işonçli xususiy bandlik agentliklariga ötkaziladi. Davlat ularning faoliyatini qöllab-quvvatlagan holda, yuqori maoşli işga joylaştirilgan har bir fuqaro uçun agentliklarga 1,5 million sömdan rağbatlantiriş mablaği tölab beradi.

Faqatgina kasb va til örgatiş bilan çeklanib qolmay, xorijiy davlatlar bilan hukumatlararo darajada mustahkam huquqiy asos yaratiş lozimligi ta’kidlandi. Rivojlangan davlatlar bilan faol iqtisodiy diplomatiya olib boriş, kvotalarni köpaytiriş va işçi vizalarini oliş jarayonlarini soddalaştiriş yangi tizimning ustuvor yönalişi etib belgilandi.

Bugungi kunda özbekistonlik fuqarolar dunyoning 40 dan ziyod davlatida qonuniy mehnat qiliş imkoniyatiga ega bölib, hamkorlik qilinayotgan çet el iş beruvçilari soni sezilarli darajada kengaytirildi. Yevropa, Osiyo va Fors körfazi mamlakatlari bilan yangi hukumatlararo bitimlar imzolaş ustida izçil işlar olib borilmoqda.

Xorijda mehnat qilayotgan yurtdoşlarimizning huquqlarini himoya qiliş masalasida ham muhim yengilliklar yaratilmoqda. Xususan, xorijiy davlatlarda, jumladan, Janubiy Koreyada işlayotgan fuqarolarimiz uçun ilgari mavjud bölgan ayrim byurokratik tösiqlar va iş joyini özgartirişdagi çeklovlar bekor qilindi. Davlat tomonidan xorijdagi vakolatxonalar faoliyati kuçaytirilib, fuqarolarga huquqiy va konsullik yordami körsatiş kölami kengaytirilmoqda.

Mehnat migratsiyasi siyosatining yana bir muhim ustuni — bu xorijda tajriba orttirib, Vatanga qaytgan fuqarolarni qöllab-quvvatlaşdir. Yil boşidan buyon 1 milliondan ortiq fuqarolarimiz xorijdan qaytib kelgan. Ular çet elda quriliş, sanoat, logistika va xizmat körsatiş sohalarida zamonaviy texnologiyalar bilan işlab, katta malaka töplagan kadrlardir.

Davlatimiz rahbari ularning salohiyatidan içki mehnat bozorida unumli foydalaniş zarurligini ta’kidladi. Şu maqsadda xorijdan qaytgan fuqarolarning işlagan joyi, kasbi va staji aks etadigan maxsus raqamli platforma yaratiladi. Yil yakuniga qadar ularning 250 ming nafariga mos iş topiş, tadbirkorlik boşlamoqçi bölganlariga esa 60 million sömgaça grantlar va imtiyozli kreditlar ajratiş vazifasi belgilandi.

Albatta, amalga oşirilayotgan islohotlar mamlakatimizda olib borilayotgan “Inson qadri uçun” umummilliy tamoyilining amaldagi yaqqol ifodasi bölib, davlatimizning iqtisodiy va ijtimoiy qudratini yanada yuksaltirişga xizmat qiladi.

 

Dilbar MAMAJONOVA,

Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati,

Özbekiston XDP fraksiyasi a’zosi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Partiya munosabati Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish