Xalqimizning asriy an’analarini hisobga olib, ona sog‘lom bo‘lsa, oila baxtli, oila baxtli bo‘lsa, jamiyat mustahkam bo‘ladi, - degan hayotbaxsh qadriyat va oliyjanob g‘oya ostida O‘zbekiston XDP Romitan tuman kengashi raisi R.Safarov va tuman Kengashi deputatlari tashabbusi bilan tumanning ko‘p tarmoqli poliklinikasida tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalardagi ayollar, bolalar va pensionerlar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. 5 nafar xotin-qizlarga order, 6 nafariga bepul dori-darmon va 1 pensionerga davolanish yo‘llanmasi olib berildi. 6 ta mahalla markazida sayyor mammografiya tashkil etilgan bo‘lib, 500 nafar ayollar ko‘rikdan o‘tkazildi.
Tadbir davomida deputatlarimiz tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini oshirish yuzasidan o‘z takliflarini berdilar.