Har birimizdan yanada ko‘proq mas’uliyat talab qilinadi
Har birimizdan yanada ko‘proq mas’uliyat talab qilinadi

 

Bugun O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi Ulug‘bek Inoyatov Namangan viloyat Yangiqo‘rg‘on tumanida xalq deputatlari viloyat, tuman Kengashi deputatlari, “mahalla yettiligi” bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqotda so‘nggi vaqtlarda qabul qilingan qonunlar hamda ularning fuqarolar hayotida qanday aks etishi haqida so‘z yuritildi. Xususan, yaqinda qabul qilingan “O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonunning mazmun-mohiyatiga to‘xtalib, o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joylarga nisbatan mulk huquqi rasmiylashtirilishi tartibi tushuntirildi.

Uchrashuvda shuningdek, aholi farovonligini oshirish, bandligini ta’minlash borasida qilinayotgan ishlar haqida ham gapirilib, Sirdaryo viloyatining "Sayxunobod tajribasi" asosida olib borilayotgan tizimli ishlar istiqboliga e’tibor qaratildi. Bunday o‘zgarish va yangi loyihalar birinchi navbatda ijtimoiy muhofazaga muhtoj qatlam manfaatlari nuqtai-nazaridan, ularning hayot tarzi, dunyoqarashini o‘zgartirish maqsadida joriy etilayotgani ta’kidlandi.

Bundan tashqari, aholi muammolarini o‘rganish va samarali hal qilishda “mahalla yettiligi”ning o‘rni, o‘ziga xos bunday tartib davlat tashkilotlari va oddiy aholi o‘rtasida o‘zaro yaqinlikni mustahkamlashga xizmat qilayotgani, shu boisdan ham “ettilik” vakillari o‘z vazifasiga yanada vijdonan yondashishi lozimligi qayd etildi.

Tadbir ishtirokchilari muhokama qilingan masalalar yuzasidan fikr-mulohazalari, takliflarini bildirdi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish