Tomorqa xalq boyligi
Tomorqa xalq boyligi

 

Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashidagi O‘zbekiston XDP guruhi a’zosi Salomat Komilova tomonidan o‘zi saylangan hududdagi mahalla fuqarolar yig‘inlarida aholining tomorqadan foydalanishi, tomorqa orqali daromad topayotgan oilalar va ularning faoliyatini o‘rganish, xotin-qizlar va yoshlar bandligini ta’minlashda tomorqaning o‘rni xususida kuzatuv ishlari olib borildi.

Xususan, Qarshi shahridagi "Aralovul", Qarshi tumanidagi "Kat" va "Taxtapul" mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi xonadonlarning tomorqalari ko‘zdan kechirilib, deputatning kerakli tavsiyalari berildi.

Yangi ko‘chatlar va daraxtlar ekildi, tomorqasidan samarali foydalanmayotgan fuqarolarga mahalla raisi boshchiligida amaliy ishlarni olib borish choralari ko‘rildi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish