Yettilik bilan hamkorlikda deputat qabuli
Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Abdurayimov Ergash Arifdjanovich «Mahalla yettiligi» va mas’ullar bilan birgalikda Olmaliq shahridagi «Temur Malik» mahallasida fuqarolar qabulini tashkil etdi.
Qabul jarayonida 20 ga yaqin xonadon vakillarining muammolari, taklif va murojaatlari tinglandi. Aksariyat masalalar joyida hal qilindi. Yechimi vaqt talab qiladigan murojaatlar bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilanib, deputat nazoratiga olindi.