Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati, Özbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi Sayyora Imomova Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xöjayli tumanidagi 5-sonli davlat maktabgaça ta’lim taşkiloti hamda “Navröz” mahallasida bölib, hududdagi ijtimoiy masalalar, aholi murojaatlari va mavjud şaroitlarni örgandi.
Dastlab, maktabgaça ta’lim taşkilotida bolalar hayoti va soğliğini muhofaza qiliş, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilişi, bolalarni maktabga tayyorlaş kurslari hamda ular uçun yaratilgan xavfsiz va qulay muhit bilan tanişdi.
Şundan söng “Navröz” mahallasida “mahalla yettiligi” vakillari hamda saylovçilar bilan uçraşuv ötkazildi. Muloqotda mahallada amalga oşirilayotgan işlar, aholini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş, mavjud muammolar va ularning yeçimlari muhokama qilindi.
Bugungi kunda mahallada 76 ta oila Ijtimoiy reyestrga kiritilgan. 25 ta xonadonda nogironligi bölgan şaxslar yaşaydi. Hududda 2 ta umumta’lim maktabi va 2 ta davlat maktabgaça ta’lim taşkiloti faoliyat yuritmoqda. Mahallaning jinoyatçilikdan xoli hudud sifatida e’tirof etilgani esa fuqarolar osoyiştaligini ta’minlaş borasidagi ijobiy natija sifatida qayd etildi.
Jarayonda saylovçilarning taklif va taşabbuslari hamda faoliyat davomida duç kelayotgan muammolari ham tinglandi.