“Safimizdagi yoshlar” loyihasi doirasida davra suhbati
“Safimizdagi yoshlar” loyihasi doirasida davra suhbati

 

O‘zXDP Sharof Rashidov tuman kengashi raisi Yu.Raxmonqulova “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida qonunbuzarliklar profilaktikasi tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" gi PQ-55 sonli qaror yuzasidan Sharof Rashidov tumani bolalar bilan ishlash guruhi inspektor psixologi D.Jabborov, 30-sonli umumta’lim maktabi jamoasi hamda "mahalla yettiligi" bilan hamkorlikda davra suhbati tashkil qildi.

“Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish” mavzusida maktabning 10-11 sinf o‘quvchilari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, ularda jinoyatchilikka qarshi qurashda immunitet hissini shakllantirish, jinoyatchilikning oqibati va javobgarligi to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Samimiy muloqot tarzida o‘tgan suhbatda o‘quvchi yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar.

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish