Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi Özbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yiğilişi bölib ötdi. Unda kapital bozori, maktabgaça va maktab ta’limi tizimi integratsiyasini ta’minlaş, davlat boji bilan boğliq qonun loyihalari muhokama qilindi.
Dastlab yiğilişda deputatlar partiya Saylovoldi dasturida belgilangan sifatli ta’lim va teng imkoniyatlar yaratiş vazifalari bilan hamohang bölgan maktabgaça va maktab ta’limi tizimi integratsiyasini ta’minlaşga qaratilgan qonun loyihasini körib çiqdilar.
Ta’kidlanişiça, qonun loyihasi bir yillik maktabga tayyorlov guruhlarining ta’lim dasturi majburiy umumiy örta ta’limning dastlabki bosqiçi sifatida joriy etilişi, bunda bolalarni maktab ta’limiga puxta tayyorlaş va ta’limda uzluksizlikni ta’minlaş maqsadida işlab çiqilgan.
Qonun ijodkorlarining ta’kidlaşiça, qonunçilikka bunday özgartiriş kiritiş – Özbekiston ta’lim tizimining xalqaro darajadagi mavqeini oşirib, fuqarolarga xorijiy davlatda ta’lim olişi uçun qulay şaroit yaratadi.
Sodda qilib aytganda, endilikda 6 yoşga tölgan bolalar maktab ta’limi dasturi doirasida öqitiladi va ularga beriladigan umumiy örta ta’lim töğrisidagi hujjatda 12 yillik ta’lim olgani aks ettiriladi. Bu orqali fuqarolarning xorijda fundamental bilimlarni özlaştiriş uçun yana bir yil vaqt sarflaşlarining oldi olinadi.
Taşabbuskorlarning ma’lumotiga köra, bugungi kunga kelib, 6 yoşdagi bolalarning 98 foizi maktabga tayyorlov guruhlariga jalb etilgan. Maktabgaça ta’lim yoki maktab muassasasining yaşab turgan uyidan uzoqda joylaşgan, olis va çekka hududlarda yaşovçi bolalarni esa ijtimoiy soha obyektlarida qöşimça guruhlar taşkil etiş orqali ham qamrab oliş yuzasidan amaliy çoralar körilmoqda.
Muzokaralar jarayonida deputatlar ayrim aniqlaştiruvçi savollar berib, qonun loyihasini yanada takomillaştiriş yuzasidan amaliy takliflarni ilgari surişdi.
Jumladan, deputat Odiljon Iminov ijtimoiy soha obyektlarida maktabga tayyorlov guruhlarini taşkil etişda qonunçilikda belgilangan talablarga rioya etilişi muhim ekanligini ta’kidladi.
Fraksiya a’zosi Uluğbek Şermatov mazkur qonun loyihasi ta’lim tizimi integratsiyasidagi muhim islohot ekanini ta’kidlab, maktabga tayyorlov guruhlariga jalb etiladigan tarbiyaçi va pedagoglarning ma’lumot darajasi, salohiyati hamda ularning malakasini muntazam oşirib boriş masalasiga e’tibor qaratdi.
Deputatimiz Irina Tokareva maktabga tayyorlov guruhlarida bolalarni öqitiş xarajatlarini qoplaş tartibiga aniqlik kiritişni, bunda köp farzandli oilalarning şaroiti ham inobatga olinişi kerakligiga töxtalib ötdi.
Mas’ul vazirlik vakillarining javoblaridan söng, deputatlar qonun loyihasini birinçi öqişda konseptual jihatdan ma’qullaşdi.
Yiğiliş davomida davlat organlarining mansabdor şaxslari tomonidan deputat sörovini yoki senator sörovini körib çiqişning qonun hujjatlarida belgilangan muddatlari yoki boşqa talablari buzilgan holatlar aniqlangan taqdirda, tegişli palataning devoniga aybdor şaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortiş uçun sudga murojaat qiliş yoki Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasiga taqdimnoma kiritiş huquqini nazarda tutuvçi qonun loyihasi ham atrofliça muhokama qilindi.
Oddiy qilib tuşuntirganda, qonun loyihasi qöllab-quvvatlansa, xalq vakillari – deputatlar aholi murojaatlarini hal etiş yoki boşqa masalalar yuzasidan qaysidir mansabdor şaxsga yöllagan deputatlik söroviga öz vaqtida javob bermagan yoxud muammoni hal etmagan amaldorlarning mas’uliyatsizligi ustidan qonun himoyaçilariga şikoyat qilişlari mumkin.
Jarayonda deputatimiz Anvarjon Nurmatov qonun loyihasi bilan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 193-moddasiga kiritilayotgan özgartiriş va qöşimçalarni takomillaşştiriş, jumladan, belgilangan muddatda javob bermaslik hamda bila turib notöğri ma’lumotlarni qasddan taqdim etiş böyiça har ikki holat uçun umumiy emas, balki alohida bandlarda javobgarlik belgilaş taklifini ilgari surdi.
Fraksiyaning yana bir a’zosi Zuhra Şodiyeva esa elektron hujjatlar aylanmasi tizimida deputatlik sörovi böyiça platformada alohida oyna orqali qulay nazorat mexanizmini yaratiş taşabbusini örtaga taşladi.
Deputatlarning taklif va taşabbuslari asosida ikkinçi öqişga qadar yanada maromiga yetkazilişi inobatga olinib, uşbu qonun loyihasi ham birinçi öqişda qöllab-quvvatlandi.
Yakunda kun tartibidagi masalalar böyiça Xalq demokratik partiyasi elektorati manfaatlaridan kelib çiqib, tegişli qarorlar qabul qilindi.