O‘zbekiston XDP Qarshi shahar kengashi tomonidan “Siyosatchi ayol” ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi o‘tkazildi. Belgilangan Nizomga muvofiq, siyosiy bilim va tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lgan partiya faollarining iste’dod va qobiliyatlarini ochib beruvchi, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar muammolarini bartaraf etishning samarali usullarini olib chiquvchi ko‘rik-tanlovda turli shartlar orqali ishtirokchilar baholandi.
Ko‘rik-tanlov yakunida partiya maqsad va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlagan bir guruh faollarga partiya a’zolik guvohnomalari topshirildi.
O‘zbekiston XDP Muborak tuman kengashida ham “Siyosatchi ayol” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Oilaviy munosabatlarni mustahkamlash, xotin-qizlar bandligini ta’minlash va amaliy natijalarga erishishda liderlarning o‘rni, siyosiy hozirjavoblik va erkin shartda bellashgan ishtirokchilar tuman partiya kengashi tomonidan esdalik sovg‘alari, diplom va tashakkurnomalari bilan taqdirlandi.