Tanqidiy-tahlil samaradorlik omilidir
Tanqidiy-tahlil samaradorlik omilidir

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi Ulug‘bek Inoyatov Xorazm viloyatida bo‘lib, partiya faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Partiya yetakchisi dastlab dolzarb ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda faollik va mas’uliyatni kuchaytirish masalalarida o‘z mulohazalarini bildirdi.

Shundan so‘ng partiyaning tuman, shahar kengashlari raislari, faollari bilan ijtimoiy-siyosiy yo‘nalishdagi o‘zgarishlar, muhim vazifalar hamda ularning ijrosi yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda, shuningdek, partiya dasturiy maqsadlaridan kelib chiqib, qonunlar ijrosini ta’minlash, fuqarolar huquq va manfaatlarini himoya qilish bilan bog‘liq ishlardagi sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotgan holatlar tanqidiy tahlil qilindi. Partiyaga va uning deputatlariga nisbatan odamlarning ishonchini oshirish, a’zolar, tarafdorlarni ko‘paytirish, kuchli, tashabbuskor va faol yoshlar safini kengaytirish uchun qanday amaliy choralar zarurligi xususida takliflar o‘rtaga tashlandi.

Partiya yetakchisi ishtirokchilarga qonunchilikdagi o‘zgarishlar hamda ularning yurtdoshlarimiz hayotidagi ahamiyatiga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirish, partiya faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar berdi, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarni alohida qayd etdi.

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish