Jamiyat – islohotlar tashabbuskori
Jamiyat – islohotlar tashabbuskori

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati D.Mamajonova ishtirokida Farg‘ona tuman tibbiyot birlashmasida uchrashuv o‘tkazildi.

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi, “Jamiyat – islohotlar tashabbuskori” tamoyili asosida “Avval – inson, keyin – jamiyat va davlat” shiori ostida o‘tgan davra suhbatida yurtimizda olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati haqida batafsil so‘zlab berildi.

Shuningdek, deputat D. Mamajonova Davlat sanitariya va epidemiologiya markazida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturida belgilangan ustuvor vazifalar yuzasidan ma’ruza qildi. Yoshlarga berilayotgan e’tibor va ular uchun yaratilayotgan sharoitlar xususida fikr-mulohazalar bildirildi.

Shundan so‘ng bir guruh faxriylar ishtirokida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Tursun Ali polvon Mamajonov xonadoniga tashrif buyurildi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis
← Roʻyxatga qaytish