Qarorlar ijrosi deputatlar nazoratida
Qarorlar ijrosi deputatlar nazoratida

 

Xalq deputatlari Sirdaryo viloyat Kengashi deputatlik guruhi a’zolari hamda tegishli tashkilotlar xodimlari ishtirokida qabul qilinayotgan qarorlarning ijrosi yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni deputatlik guruhi rahbari Sh.Mamadetsoyev olib borib, kun tartibidagi masalalar muhokama qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 iyuldagi PQ-5198-sonli va 2022 yil 16 iyundagi PQ-283-sonli qarorlari, Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 14 avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalari talabalarini turar joy bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 376-son Qarorining Sirdaryo viloyatida bajarilishi ko‘rib chiqildi.

Majlisda tegishli tashkilotlarning hisobotlari eshitildi. Muhokamalar chog‘ida Qarorlarning bajarilmayotgan bandlari yuzasidan savollar berildi. Ko‘tarilgan masalalar deputatlar tomonidan doimiy komissiyada ko‘rib chiqilib, sessiyaga kiritishga kelishib olindi.

 

 

 

 

Teglar

Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Partiya munosabati Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish