Deputat uzumchilik majmuasini o‘rgandi
Deputat uzumchilik majmuasini o‘rgandi

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Dilorom Imomova, xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri L.Mamadiyorov va mas’ul idoralar vakillari bilan tumanning “Uloch” MFY hududida uzumchilik loyihasi asosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Ma’lumot o‘rnida mazkur loyiha tuman hokimining tashabbusi bilan 600 gektar yer maydonlari o‘rnida tashkil etilib, xorijiy tashkilotlar tomonidan 600 ming yevro miqdorida grand ajratilgan. Loyiha to‘liq yakuniga yetgach yiliga 7,5 mlrd. so‘m daromad keltirishi maqsad qilingan.

D.Imomova turli navdagi uzum ko‘chatlarini ekish, agrotexnik tadbirlar o‘tkazish, sug‘orish tizimini joriy etish borasida qilingan va oldinda turgan vazifalar borasida fikrlashib, bu borada o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi.

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis
← Roʻyxatga qaytish