"Yosh siyosatchi" ko‘rik tanlovi davom etmoqda

 

O‘zbekiston XDP Olmaliq shahar kengashi tomonidan Kon-metallurgiya Kasb-hunar maktabi binosida "Yosh siyosatchi" ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi o‘tkazildi.

Ushbu ko‘rik-tanlovda partiyaning faol yoshlari ishtirok etib, o‘zlarining intellektual salohiyat, iqtidori, bilimlarini namoyish etib bellashdilar.

Tanlov Nizomda belgilangan tartib asosida o‘tib, hay’at a’zolari tomonidan munosib baholandi. Tadbir so‘nggida, ko‘rik tanlov g‘oliblariga partiya tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alarni taqdim etildi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish